Janrlari
11
Podshoning dono qizi
Muallif: O'zbek xalq ertaklari
Til: O'zbek
Yozuv: Lotin
Nashiryot: "Adabiyot uchqunlari"
Nashr yili: 2018
Ko'rishlar soni: 60
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Uning yomon bir xotini bor ekan. O‘zi tug‘mas ekan, podsho boshqa xotin olay desa qo‘ymas ekan. Qitmir, badkirdor ekan. Yuzi oq bo‘lsa ham ichi qora ekan, undan ko‘plarning ko‘ngli yara ekan.
Podshoning o‘lgan xotinidan bir qiz qolgan ekan. Qiz podshoning yakka-yu yagona farzandi bo‘lsa ham, uni yomon ko‘rar ekan. "Qiz bola — tuz bola" deb qizini xafa qilaverar ekan. Lekin podshoning qizi juda chiroyli, dono va chevar ekan. Qiz podshoga ko‘p aqlli gaplarni aytar ekan, lekin podsho xotinining so‘ziga kirib, qizining gapiga quloq solmas ekan, bir gapda turmas ekan. Qizi olim ekan, podsho zolim ekan.