"Yangi avlodning ishonchli qadami" nomli tadbir
#Zafarobod_tuman_AKM
#Qizlar_ovozi_saylovi
"Yangi avlodning ishonchli qadami" nomli tadbir
Zafarobod TAKM, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Pistalikent MFY da “Qizlar ovozi” saylovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus mahalla faollari, ta’lim muassasalari va ijtimoiy soha vakillari hamkorligida tashkil etilib, qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning liderlik salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida o‘tkazildi.
Saylovda faol, qizlar o‘z nomzodlarini ilgari surib, tengdoshlarining ovoziga sazovor bo‘lish uchun o‘z g‘oya va rejalarini taqdim etdilar. G‘olib bo‘lgan nomzod mahalla yoshlarining ishonchini qozonib, “Qizlar ovozi” vakili sifatida turli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etadi. Tadbirda 100 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi va 36 ta kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.