“Eng faol xotin-qizlar ma'rifatli jamiyatning tayanchi” nomli tadbir
#Zafarobod_tuman_AKM
#Xalqaro_qizlar_kuni
“Eng faol xotin-qizlar ma'rifatli jamiyatning tayanchi” nomli tadbir
Joriy yilning 11-oktabr sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda XTBga qarashli 4-sonli maktab, kitobxonlar klubi bilan hamkorlikda “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Eng faol xotin-qizlar ma'rifatli jamiyatning tayanchi” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida so‘zga chiqganlar tomonidan qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun yurtimizda juda ko‘p imkoniyatlar borligi hamda ulardan keng foydalanishi uchun ilm olishi, ko‘proq kitob mutolaa qilishlari haqida aytib o‘tildi. Tadbirda 35 dona kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi va 65 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.