“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” bayram tadbiri
#Zafarobod_tuman_AKM
#Ona_tilimiz_ulugʻlangan_kun
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” bayram tadbiri
Joriy yilning 20-oktabr sanasida Zafarobod TAKM, Zafarobod tuman hokimligi hamda barcha mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Alisher Navoiy bog‘ida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyatdan tashrif buyurgan mehmonlar, mahalla faollar, o‘qituvchilar, yoshlar va ijodkorlar ishtirok etdi. Mehmonlar bayram bilan barchani samimiy tabriklab, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni, uning tarbiyaviy va birlashtiruvchi kuchi haqida iliq fikrlar bildirdilar.
Bayram dasturida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar va 85 dona kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Tadbirda 120 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.