“Yil ayoli – 2025” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi
#Zafarobod_tuman_AKM
#Yil_ayoli_koʻrik_tanlovi
“Yil ayoli – 2025” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi
Joriy yilning 30-oktabr sanasida Zafarobod tumani madaniyat markazida “Yil ayoli – 2025” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o'rinbosari, axborot-kutibxona markazi, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i, nuroniylar kengashi, ta’lim, madaniyat, yoshlar ishlari agentligi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar hamda ayollar mehnatini ulug‘lovchi she’rlar ijro etildi. Hay’at a’zolari tomonidan yuqori baholangan ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlov g‘olibasi esa “Zafarobod tumanining Yil ayoli – 2025” unvoniga sazovor bo‘ldi. Tadbirda 87 nafar ishtirokchi qatnashdi va 20 dona sara adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.