“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi
#Zafarobod_tuman_AKM
#Tanlov
“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi
Joriy yilning 28-oktabr kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazida kutubxonachi mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik tanlovining 2-bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik tanlovining 2-bosqichi yakuni bo’yicha “Kitoblarni interaktiv usullarda tartib qilish” shartida eng yaxshi taqdimoti uchun Zafarobod TAKM mutaxssisi Tulanboyeva Mahliyo G‘anisher qizi hamda “Kutubxonada amalga oshirgan loyihasi taqdimoti” shartida eng yaxshi taqdimoti uchun Arnasoy TAKM mutaxassisi SH.Sulaymonovalar taqdirlandilar.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.