17-fevral – Butun dunyoda “Yaxshilik qilish kuni”
17-fevral – Butun dunyoda “Yaxshilik qilish kuni”
Bu kun odamlarni beg‘araz yaxshilik, mehr-oqibat va insoniylikka chorlaydi. Katta ishlar shart emas – kichik ezgu amallar ham birovning kayfiyatini, hatto butun kunini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Bu kunda nimalar qilish mumkin?
- Yaqinlaringizga iliq so‘z aytish;
- Kimgadir yordam qo‘lini cho‘zish;
- Keksalar yoki bolalarga e’tibor ko‘rsatish;
- Muhtojlarga xayriya qilish;
- Oddiygina tabassum ulashish!
Shior: “Yaxshilik yuqumli – bugun sen boshlasang, ertaga boshqalar davom ettiradi.