17-sentabr – O‘zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor tavallud topgan kun.
17-sentabr – O‘zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor tavallud topgan kun.
Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabr kuni Qo’qon shahrida temirchi oilasida tug’ilgan.Bolaligi Qo’qon va uning atrofidagi qishloqlarda o’tdi.
A.Qahhor ijodi she'riyat bilan boshlangan esa-da, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. “Boshsiz odam” (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya,ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Uning “Boshsiz odam” hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o’tmish aks ettirilgan. ”Qo’shchinor chiroqlari” (1951) romanida dastlabki varianti “Qo’shchinor” (1946) jamoalashtirish jarayonining voqealari badiiy tasvirlangan.