25-oktabr - Shoir va dramaturg Maqsud Shayxzoda tavallud topgan kun
25-oktabr - Shoir va dramaturg Maqsud Shayxzoda tavallud topgan kun
Maqsud Shayxzoda (1908.25.10) - shoir, dramaturg, adabiyotshunos. “O'n she'r” (1932), “Undoshlarim”(1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Yangi devon” (1937), “Jang va qo'shiq” , “Ko'ngil deydiki...” (1943), “O'n besh yilning daftari” (1947), “Yillar va yo'llar” (1961), “She'rlar” (1964), va boshqa she'riy to'plamlari nashr etilgan. U doston janrida “Meros”, “Tuproq va haq” (1936), “Ovchi qissasi”, “Iskandar Zulqarnayn” (1940). “O'n birlar” (1943), “Ahmadjonning hikmatlari”, “Uchinchi o'g'il”(1944) “Nurmat otaning tushi” (1947) singari liro-epik asarlar yozdi. Shayxzoda qofiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, o'zbek she'riyatiga yangi vazn va shakl ko'rinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu tamoyil uning, ayniqsa, “Toshkentnoma” lirik dostonida yorqin ifodasini topgan. “Jaloliddin Manguberdi” (1944), “Mirzo Ulug'bek” (1961) tragediyalari, bir qancha ilmiy maqolalar, monografiyalar muallifi.