30-oktabr — Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun.
30-oktabr — Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun.
U 1958-yil 30-oktabrda Surxondaryo viloyatida joylaşgan Sariosiyo tumani Kundajuvoz qişloğida matalğöylik, dostonxonlik urf bölgan oilada tavallud topgan. “Men şu hazin tovuşlar dünyosida tarbiya topdim”, deydi şoir. Vaqt tez ötdi. Toşkent dorilfununining jurnalistika fakultetidagi talabalik yillari. Kitoblar, ilk şe’rlar. Yana kitoblar. Pul qolmaganda qotgan nonlarni çoyga böktirib, rohat qilişlar... Ana şoirning qisqaça tarjimai holi. Va yana öqiş, örganiş, ijodiy izlaşişlar... Buvasi Vahob şoir va amakisi Sayidumar aka kuylagan qöşiqlarning çala qolganlarini töldiriş, xullas, Sirojiddin Sayyid “bobolarim” başlagan dostonni sönggi nuqtasiga yetkaziş mening burçim”, deb ahd qilgan şoir.