6-noyabr - Sharof Rashidov tug‘ilgan kun
6-noyabr - Sharof Rashidov tug‘ilgan kun
Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-oktabr eski hisob boʻyicha) 1917 – 31-oktabr 1983) – sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari.
1939-yildan KPSS aʼzosi. Jizzax pedagogika texnikumini (1935), Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gazetasida masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir (1937–41,1943). II jahon urushi qatnashchisi (1941 yil noyabr – 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944–47), "Qizil Oʻzbekiston" gazetasi muharriri (1947– 49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949–50). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1950-59). Oʻzbekiston KP MK 1-kotibi (1959 83). KPSS MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961–83). 2 marta Mehnat Qahramoni (1974, 1977).