Bobil minorasi – bilimdan qurilgan inshoot
Bobil minorasi – bilimdan qurilgan inshoot
Fransuz rassomi Seth Julien Malland yaratgan bu san’at asari qadimiy kitoblar va qatronlardan yasalgan. U o‘z asarida afsonaviy Bobil minorasi g‘oyasini yangicha talqin qiladi va toshlardan emas, kitoblardan minora quradi.
“Bilim orqali yuksalganlar minorasi hech qachon qulamaydi!”
Ranglar bilan to‘lgan shift ostida qad rostlagan bu minora insoniyatni birlashtiruvchi yagona til kitob tili ekanligini anglatadi!
Bu san’at asari hozirda Parijdagi muzeyda saqlanmoqda.