Dunyodagi eng go‘zal kitob do‘konlaridan biri Ruminiyaning Buxarest shahri markazida joylashgan “Karusel kitob do’koni”
Dunyodagi eng go‘zal kitob do‘konlaridan biri Ruminiyaning Buxarest shahri markazida joylashgan “Karusel kitob do’koni”
Qiziqarli faktlar:
- 1903-yilda bankirlar oilasi tomonidan qurilgan bino 1950-yillarda davlat tomonidan musodara qilingan va yillar davomida tashlandiq holatda qolgan.
- 2007-yilda egalariga qaytarilganidan so‘ng, 5 yil davomida restavratsiya qilinib, 2015-yilda “Karusel kitob do’koni” nomi bilan qayta ochilgan.
- 3 qavatli bino ichida egri zinapoyalar, aylana balkonlar va yorug‘ shisha tom joylashgan – bu joyga kirgan har bir kishi o‘zini go‘yo sehrli olamda his qiladi.
- Yuqori qavatida esa shinam kofe va choyxona bor – bu yerda kitob o‘qib, shaharning eski ko‘chalariga qarab dam olish mumkin.
“Karusel kitob do’koni dunyodagi eng chiroyli kitob do‘konlar ro‘yxatidan munosib o‘rin egallagan.