E’LON 15.09.2025
E’LON 15.09.2025
✅Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
📌 Xususan, 2022-2025-yillarda o‘tkazilgan ushbu tadbirdarning har birida 8,59 million nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi va jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
📌Ushbu an’anani yanada kengroq targ‘ib etish maqsadida joriy yil sentabr oyining 15-25-sentabr kunlari “Xon atlas” o‘n kunligi deb e’lon qilinadi.