Hayot – bo‘ron tinishini kutish emas, balki yomg‘ir ostida raqs tushishni o‘rganishdir (Seneka)
Hayot – bo‘ron tinishini kutish emas, balki yomg‘ir ostida raqs tushishni o‘rganishdir (Seneka)
Biz har kuni to‘siqlar va baxtli onlarga ro‘baro‘ bo‘lamiz. Ko‘pincha o‘sha to‘siqlarni yengib o‘tsak yoki nimagadir erishsak baxtli bo‘lamiz deb o‘ylaymiz.
“O‘qishga kirsam baxtli bo‘laman”, “Ish topsam baxtli bo‘laman” kabi. Aslida-chi?
Haqiqatan ham baxt bizdan uzoqdami?
Yo‘q. Agar baxtni shunday uzoq maqsadlarga bog‘lab qo‘ysak, demak biz yillar davomida kutishimiz kerak bo‘ladi.
Seneka ushbu iqtibosda, qanday vaziyatda bo‘lishingdan qat’i nazar, o‘sha vaziyatdan rohatlan demoqchi, menimcha.
Agar biz baxtni uzoqdan izlasak yoki nimagadir bog‘lab yashasak unga yetolmay qolishimiz mumkin. Chunki inson xohishlari hech qachon tugamaydi.