O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavallud topgan kun
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavallud topgan kun
Yoqubov Odil (1926.20.10, hozirgi Janubiy Qozog’iston viloyati Qarnoq qishlog’i) – O’zbekiston xalq yozuvchisi. 2-jahon urushi qatnashchisi.Dastlabki asari - «Tengdoshlar» qissasi 1951 yilda e'lon qilingan. «Dastlabki qadam». «Ikki muhabbat》 hikoyalar to’plami, «Tilla uzuk» qissa va hikoyalar to’plamida muhabbatni insonga xos ulug’, muqaddas xislat sifatida tasvirlaydi. «Muqaddas» qissasida Yoqubovning chinakam yozuvchiga xos uslubi namoyon bo’ldi. Mazkur asarda xudbinlik yo’liga tusha boshlagan yigitning to’g’ri yo’lga qaytishi masalasi qalamga olingan. «Er boshiga ish tushsa...» romani xalqimizning vatanparvarligi haqida. «Bir feleton qissasi», «Qanot juft bo’ladi», «Matluba» qissalari va ko’p hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi tasvirlangan. «Ulug’bek xazinasi» romani olim va hukmdor Ulug’bek davridagi ijtimoiy munosabatlar va zulmat o’rtasidagi kurash haqidagi asardir.