O’zbekiston xalq shoiri Sobir Abdulla (Abdullayev Sobir) tavallud topgan kun.
O’zbekiston xalq shoiri Sobir Abdulla (Abdullayev Sobir) tavallud topgan kun.
O‘zbekiston xalq shoiri, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati, taniqli dramaturg Sobir Abdulla qo‘shiqlari xalqimizdagi vatanparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini ulug‘lashga xizmat qilgan. O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg Sobir Abdulla 1905 yili Qo‘qon shahrida, xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Sobir Abdulla 1972 yilning 24 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan, uni Chig‘atoy qabristoniga dafn etishgan.
Shoirning «Erk ilhomlari» nomli birinchi to‘plami 1931 yilda bosilib chiqqan. Uning «Ko‘klam nash’asi» (1932), «Taajjub», «Gulshan» (1939) she’rlar to‘plami, «Navbahor» (1930), «Do‘stlik» (1937) kabi hikoya to‘plamlarida xalq hayoti, shoirning ma’naviy dunyosi o‘z ifodasini topgan. Sobir Abdulla sermahsul dramaturg edi. Uning «Bog‘bon qizi» (1930), «Oyxon» (1935), «Tohir va Zuhra» (1939), «Alpomish», «Muqimiy» kabi sahna asarlari teatrlarimizning ko‘rki bo‘lgan.