Amaliy-uslubiy yordam
Amaliy-uslubiy yordam
2026-yilning 6-oktabr sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Zafarobod tuman 30-son manzilli koloniyasining kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Koloniya kutubxonachisiga fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati tomonidan kundalik to'ldirilishi, jamlanma va inventar daftari qanday yuritilishi haqida ma'lumotlar berildi. Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan esa gazetalarga bibliogafik tavsif yozilishi, kartatekalar tutilishi va boshqa ma'lumotlar berib o'tildi. Koloniya kutubxonachisiga amaliy-uslubiy yordam ko'rsatildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.