Kam yoritilgan qiziqarli faktlar
Kam yoritilgan qiziqarli faktlar
1.Abdulla Qodiriy – “O‘tkan kunlar”ni yozayotganda, qo‘lyozmasini bir necha marta yo‘qotgan. Chunki o‘sha davrda milliy roman yozish xavfli hisoblangan, qo‘rqib ba’zan o‘zi yoqib yuborgan deyishadi. Shunga qaramay, qayta-qayta yozib tugatgan.
2.Cho‘lpon (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li) – She’rlarining ayrimlarini o‘zining ismi bilan emas, turli taxalluslar bilan chop ettirgan. Bu orqali senzuradan qochgan. Masalan, “Yorqinoy” taxallusi bilan ham she’r yozgan.
3.Tog‘ay Murod – “Otamdan qolgan dalalar”ni yozganda voqealarni o‘z qishlog‘idagi odamlar bilan suhbatlashib yig‘gan. Hatto kitobdagi ayrim qahramonlarning prototiplari haqiqiy hayotda bo‘lgan odamlar.
4.O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad – Yozishni boshlashidan oldin kun bo‘yi shaxmat o‘ynab chiqishni yaxshi ko‘rgan.
5.Xorijiy yozuvchilardan: Gabriel Garsia Markes – “Yolg‘izlikning yuz yili” romanini yozish uchun mashina va hatto xotinining sevimli idish-tovoqlarini sotib yuborgan.