Ko‘zingizga aytib beradi
Ko‘zingizga aytib beradi
- “Eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan 5 ta odamimizga o‘xshab ketamiz” (J. Rohn)
- Farzandingizga qiladigan eng katta yaxshiligingiz – uni to‘g‘ri muhitga qo‘yish (Yagodkin).
- 10-12 yoshida aqlli bolalar bilan do‘st bo‘lganlarning 18 yoshida IQ darajasi sezilarli oshgani kuzatilgan (J. Clear).
O‘zgarishimiz uchun, muhitimiz o‘zgarishi kerak. Tabiiyki, yaxshiroq, kuchliroq muhit xohlaymiz. Lekin u muhitdagilar – o‘ziga o‘xshaganlarni yaqinlashtiradi. Shu sababli u muhitga kira olmaymiz. Xo‘sh, nima qilish kerak? Yechim qayerda?
Kitoblarda. Biografiyalarda. Buyuk insonlarning hayot yo‘llarida... Navoiy, Rumiy, Aflotun, Seneka, Dostoyevskiy… (ha, Stiv Jobslar-u, Masklar ham bo‘laveradi. O‘rtog‘ingiz bilan gaplashsangiz, baribir hayotini aytib beradi. Kitoblar ham shunday – faqat qulog‘ingizga emas, ko‘zingizga aytib beradi. Bu ham yaxshigina muhit beradi. Buyuklardan ilhomlanib yashashni boshlang. Muhitni o‘zi sizni qidirib keladi.