"Mahorat darsi" 30.10.2026
"Mahorat darsi" 30.10.2026
Bugun Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun Microsoft Office dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlarning Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft PowerPoint dasturlaridan samarali foydalanish, hujjatlar bilan ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash hamda taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni kundalik faoliyatga tatbiq etish va kutubxona xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.