"O'gay taqdir" kitob taqdimoti
#Zafarobod_tuman_AKM
#Kitob_taqdimoti
#Oʻgay_taqdir
"O'gay taqdir" kitob taqdimoti
Joriy yilning 11-mart sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Madaniyat markazida muallif Iqboloy Umarovaning "O'gay taqdir" kitob taqdimoti o'tkazildi. Taqdimotga tuman RMMM mutaxassisi S.Inatova, tuman Barkamol avlod bolalar maktabi direktori M.Zarpullayev hamda 10-umumta`lim maktabi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Yu.Berdibekovlar tashrif buyurdi.Taqdimot davomida asar mazmun-mohiyati haqida so'z yuritildi. Shuningdek, axborot-kutubxona markazi axborot bibliografi tomonidan kitob sharhi ham o'tkazildi. Tadbirda 100 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.