"Onam qalbim quyoshi" nomli tadbir
#Davra_suhbati
#Ayollarni_eʻzozlash_oyligi
#Zafarobod_tuman_AKM
"Onam qalbim quyoshi" nomli tadbir
Joriy yilning 11-mart sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida "Ayollarni e'zozlash oyligi" doirasida "Onam qalbim quyoshi" nomi ostida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir davomida axborot bibliografiya xizmati tomonidan psixolog Zebiniso Axmedovaning "Ertak terapiya" kitobiga bibliografik sharh berildi. Kitobxonlar tomonidan O'.Hoshimovning "Ikki eshik orasi va A.Qahhorning "Asror bobo" asarlari yuzasidan qiziqarli bahs va munozaralar bo'lib o'tdi.Tadbirda 10 nafar kitobxon qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.