Ozarbayjon adabiyoti
Ozarbayjon adabiyoti
2019-yil 15-oktabrda Boku shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi sammitida Prezidentimiz "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli 100 jildlik to‘plamni turkiy xalqlarning ona tillarida nashr etish tashabbusini ilgari surdilar.
Mazkur tashabbus asosida ushbu 100 jildlik to‘plam ilk bor O‘zbekistonda tayyorlanib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashr etildi.
To‘plamga XI–XXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarning eng sara asarlari kiritilgan. Unda umumturkiy adabiyot bilan bir qatorda o‘zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman va venger adabiyoti durdonalari ham o‘rin olgan.
To‘plamning jildlari bilan tanishtirishda davom etamiz…
Ushbu jildlar:
100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” majmuasida Ozarbayjon adabiyoti bo‘limi 56-jilddan boshlanib, 71-jildgacha davom etadi va jami 16 jildni tashkil etadi. Majmuaning ushbu qismi ozarbayjon xalqining asrlar davomida shakllangan boy badiiy va falsafiy merosini o‘zbek kitobxoniga mukammal va izchil ravishda yetkazishga xizmat qiladi. Boʻlim umumturkiy madaniyat va ozarbayjon soʻz sanʼatining eng yetuk mumtoz va zamonaviy vakillari asarlarini oʻz ichiga oladi:
- Nizomiy Ganjaviy — “Layli va Majnun” dostoni, gʻazallar
- Imodiddin Nasimiy, Afzaliddin Hoqoniy, Mahsatiy Ganjaviy, Mulla Panoh Voqif, Xurshidbonu Notavon, Hayron Xonim — gʻazal va ruboiylar
- Muhammad Fuzuliy — “Ishq izhori” devoni hamda “Layli va Majnun” dostoni
- Husayn Jovid — dramatik asarlar va pyesalar
- Mamedsaid Oʻrdubodiy — “Qilich va qalam” romani
- Mirza Fatali Oxundzoda, Aliakbar Sobir, Saidazim Shirvoniy,
- Muhammad Hodiy asarlari
- Jalil Mammadqulizoda, Yusuf Vazir Chamanzaminli — “Ikki oʻt orasida” romani va hikoyalar
- Samad Vurgʻun, Mirza Ibrohimov va boshqa XX asr ozar adiblarining saralangan asarlari jamlangan.