"Vatan tuyg'usi va ota yurtga muhabbat" mavzusida diktant
"Vatan tuyg'usi va ota yurtga muhabbat" mavzusida diktant
Joriy yilning 12-oktabr kuni Zafarobod TAKMda “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarorning 7-bandi “g” kichik bandi ijrosini ta’minlash maqsadida markazning barcha xodimlari o‘rtasida "Vatan tuyg'usi va ota yurtga muhabbat" mavzusida diktant olindi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning davlat tilining ish yuritishdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishdan iborat. Bunday tadbirlar davlat tilining nufuzini oshirish, xodimlarning til madaniyatini yuksaltirish hamda ish yuritish hujjatlarida adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.