Xotira yosh o‘tgan sari susayadimi?
Xotira yosh o‘tgan sari susayadimi?
Ha, ko‘pincha miya gormonlari kamayadi, qon aylanish sekinlashadi va bu eslab qolish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
Lekin barcha qariyalarda ham emas. Kitob o‘qiydigan, aqliy mashq qiladigan keksalar yoshi o‘tgan sari xotirasini yanada mustahkamlaydi. Nevaralarining ismini adashtirmaydigan, hayotiy voqealarni tiniq eslaydigan qariyalar bunga yorqin misol.
Demak, agar siz ham yillar o‘tib xotirangiz susayishini, yaqinlaringizni ismini unutib, adashtirib qo‘yishni xohlamasangiz – kitob o‘qing, miyangizni mashq qildiring.